Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston va Fransiya madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

By Muxtasar_Qodirova - 13-Mart, 2025-yil 21:49 728 Koʻrishlar 0 Izoh

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va ushbu mamlakat Madaniyat vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikka oid qator kelishuvlar imzolandi. Hujjatlarni Jamg‘arma raisi Gayane Umerova va Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati imzoladi.


Ikki davlat madaniyat institutlari hamkorligi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosiy bitimlardan biri bo‘ldi. Mazkur hujjat asosida Alfred Korto nomli Parij musiqa maktabi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirish, shuningdek kino yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.



Bundan tashqari tomonlar Fransiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasini o‘tkazish, YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida Samarqandda muzeylar va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etish bo‘yicha ham kelishib oldi.


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring