Ikki davlat madaniyat institutlari hamkorligi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosiy bitimlardan biri bo‘ldi. Mazkur hujjat asosida Alfred Korto nomli Parij musiqa maktabi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirish, shuningdek kino yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari tomonlar Fransiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasini o‘tkazish, YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida Samarqandda muzeylar va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etish bo‘yicha ham kelishib oldi.
0 Comment