Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston–Ozarbayjon: tarixiy do‘stlikdan strategik ittifoqchilik sari

By Muxtasar_Qodirova - 24-Avgust, 2026-yil 18:02 378 Koʻrishlar 0 Izoh

#Munosabat


Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki butun Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqasi uchun ham muhim voqea bo‘ldi.



Parlamentlarimiz va deputatlik korpusi ikki davlat rahbarlari darajasida erishilgan barcha tarixiy kelishuvlarning huquqiy asoslarini o‘z vaqtida taʼminlashga, shuningdek, ularning ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini o‘rnatishga to‘liq tayyor bo‘lishi kerak.

Imomnazar Tursunov,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi.




Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda parlament diplomatiyasining ortib borayotgan ahamiyatini alohida taʼkidlamoqchiman. Parlamentlar nafaqat yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlashi, balki ularni izchil va samarali amalga oshirish uchun zarur huquqiy mexanizmlarni ham yaratishi lozim.

Sadig Gurbanov,

Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati, Tabiiy resurslar, energetika va ekologiya qo‘mitasi raisi


O‘zbekiston va Ozarbayjonni vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik birlashtiradi. Bugun esa ushbu do‘stlik yangi mazmun kasb etmoqda — u iqtisodiy taraqqiyot, o‘zaro ishonch va xalqlarimiz farovonligining aniq va taʼsirchan omiliga aylanmoqda. Abadiy do‘stlik — bu nafaqat o‘tmish xotirasi. Bu kelajak oldidagi masʼuliyat va xalqlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni birgalikda yaratishga tayyorlikdir.


Imomnazar TURSUNOV.




Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring