Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Xalqaro Konferensiya

By Muxtasar_Qodirova - 17-Noyabr, 2026-yil 11:51 1,295 Koʻrishlar 0 Izoh

#Bağrikenglik_haftaligi




Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Dinlararo bağrikenglik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötmoqda.

Anjuman dinlararo muloqot va bağrikenglikni ta’minlaşda Özbekiston va jahon tajribasini örganiş, konfessiyalararo hamda madaniyatlararo hamkorlikni mustahkamlaş, ta’lim va ma’rifatning jamiyatda totuvlik va barqarorlikni ta’minlaşdagi örnini muhokama qilişga qaratilgan.


Konferensiyada mamlakatimizning yetakçi olim va mutaxassislari bilan bir qatorda AQŞ, Şvetsiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Qozoğiston, Germaniya, Qirğiziston, Hindiston kabi qator xorijiy davlatlarning diplomatik korpus vakillari, xalqaro miqyosda tanilgan mutaxassislar, dinşunos-ekspertlar, islomşunos olimlar, etnik-madaniy birlaşmalar, şuningdek, davlat va jamoat taşkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiyalar va milliy madaniy markazlar vakillari, oliy ta’lim muassasalarining professor-öqituvçilari hamda talaba-yoşlar iştirok etmoqda.






Mazkur xalqaro anjuman turli davlatlar, dinlar va madaniyatlar vakillarini yagona muloqot maydonida birlaştirib, dinlararo bağrikenglik, konfessiyalararo hamjihatlik, millatlararo totuvlik hamda özaro hurmat va işonç tamoyillarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.



Konferensiya davomida iştirokçilar tomonidan diniy bağrikenglikni ta’minlaşning zamonaviy mexanizmlari, turli din va konfessiyalar örtasida konstruktiv muloqotni rivojlantiriş, jamiyatda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, diniy-ma’rifiy sohada xalqaro hamkorlikni kengaytiriş kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilmoqda.




Şuningdek, globallaşuv şaroitida diniy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini şakllantiriş, yoş avlodni bağrikenglik, insonparvarlik va özaro hamjihatlik ğoyalari asosida tarbiyalaş, turli millat va din vakillari örtasida döstlik aloqalarini mustahkamlaşda ta’lim, ilm-fan va ma’rifatning örniga alohida e’tibor qaratilmoqda.




Xususan, Özbekistonning millatlararo totuvlik va dinlararo bağrikenglikni ta’minlaş borasidagi tajribasi, mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillarining huquq va erkinliklarini ta’minlaş, ularning öz milliy, madaniy va diniy qadriyatlarini asrab-avaylaşi uçun yaratilgan şart-şaroitlar hamda bu yönalişda amalga oşirilayotgan izçil islohotlarning ahamiyati muhokama qilinmoqda.

Anjuman xalqaro tajriba almaşiş, ilmiy-amaliy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, dinlararo muloqot madaniyatini rivojlantiriş va turli xalqlar örtasidagi özaro işonçni yanada mustahkamlaş uçun muhim platforma bölib xizmat qilmoqda.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring