Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

InvestIn Children 2026

By Muxtasar_Qodirova - 21-Oktabr, 2026-yil 15:51 1,265 Koʻrishlar 0 Izoh

#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026


Samarqandda bolalar farovonligi bo‘yicha Jahon sammiti boshlandi

Ayni vaqtda Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammiti o‘z ishini boshladi.

100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilayotgan sammit bolalarning sog‘lom, xavfsiz va munosib sharoitda ulg‘ayishi uchun zarur yechimlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan.

21–22-oktabr kunlari o‘tkaziladigan tadbirda ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, erta rivojlanish, inklyuziv ta’lim hamda bolalar va oilalarni kompleks qo‘llab-quvvatlash masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Muhokamalarning asosiy mazmuni — bolalar farovonligiga yo‘naltirilgan sarmoyani ularning kundalik hayotidagi aniq imkoniyatlarga aylantirish. Bu har bir bola uchun sifatli ta’lim, zarur tibbiy yordam, zo‘ravonlikdan himoya va rivojlanish uchun teng sharoit demakdir.

Sammit davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun tajriba almashish, samarali yondashuvlarni muhokama qilish hamda bolalar manfaatlari yo‘lida hamkorlikni mustahkamlash maydoni bo‘lib xizmat qiladi.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring