Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

By Muxtasar_Qodirova - 21-Oktabr, 2026-yil 14:45 1,283 Koʻrishlar 0 Izoh



O‘zbekiston — turli millat va elat vakillari ahil-inoq yashab, bir maqsad yo‘lida birlashgan yurt. Bu zaminda turli tillarda so‘zlashadigan, turli madaniyat va an’analarga ega insonlarni Vatanga bo‘lgan muhabbat, o‘zaro hurmat va do‘stlik tuyg‘ulari birlashtiradi.

O‘zbek tili esa ularni yanada yaqinlashtiradigan, qalblarni bog‘laydigan ma’naviy ko‘prikdir. Uni qadrlash, o‘rganish va hurmat qilish — O‘zbekistonning boy madaniyati va qadriyatlariga hurmat ifodasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan yurtimizda yashayotgan turli millat vakillari ham o‘zbek tilida Vatanni tarannum etuvchi she’rlar aytib, yurtga bo‘lgan mehr va sadoqatlarini ifoda etdilar. Ularning samimiy chiqishlarida birdamlik, bag‘rikenglik va O‘zbekistonga daxldorlik tuyg‘ulari yaqqol namoyon bo‘ldi.

Zero, Vatanni sevishning tili, millati yo‘q. Uni sevgan qalblar esa doimo bir-biriga yaqindir.


N. Rahmonova,  O‘zA


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring