Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Bayram muborak!

By Muxtasar_Qodirova - 21-Oktabr, 2026-yil 12:58 1,253 Koʻrishlar 0 Izoh

1989-yil 21-oktabrda oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy oʻzligini anglash, tarixiy xotirasi va maʼnaviy qadriyatlarini asrab-avaylash yoʻlidagi muhim tarixiy voqea boʻldi.


Bugun oʻzbek tili nafaqat millatimizni birlashtiruvchi maʼnaviy kuch, balki yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmat, hamjihatlik va doʻstlik rishtalarini mustahkamlovchi muhim muloqot vositasi sifatida ham yuksak qadrlanmoqda.

Barchangizni 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, uning boyligi va jozibasi kelajak avlodlarga bezavol yetib borsin!
Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring