Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Estoniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

By Muxtasar_Qodirova - 14-Oktabr, 2026-yil 14:38 1,173 Koʻrishlar 0 Izoh



Millatlararo munosabatlar qo‘mitasida Estoniyaning Narva shahrida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlar, O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, milliy qadriyat va an’analarimizni targ‘ib qilish hamda bayramlarni birgalikda nishonlash masalalari muhokama qilindi.




Shuningdek, Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi va Birodar shaharlar alyansi hamkorligida vatandoshlar ishtirokida yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Ushbu tashabbuslar xalq diplomatiyasini rivojlantirish va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring