Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Osiyo texnologiyalar universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

By Muxtasar_Qodirova - 14-Oktabr, 2026-yil 11:35 1,225 Koʻrishlar 0 Izoh



🖥 Osiyo texnologiyalar universitetida “O‘zbekiston–Ozarbayjon ilmiy-madaniy aloqalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.




Anjuman davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ilmiy, ma’rifiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish, ikki xalqning boy tarixiy merosi, milliy qadriyatlari hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbir ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy tajriba almashish hamda xalqaro aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


🔘 Mazkur tadbirda Millatlararo munosabatlar qo'mitasi bo'lim boshlig'i A.Uroqov ham ishtirok etdi. 



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring