Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Xorijdagi vatandoshlar bilan

By Muxtasar_Qodirova - 10-Sentabr, 2026-yil 20:01 1,137 Koʻrishlar 0 Izoh

Pekinda O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi

Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahridagi O'zbekiston Respublikasi Elchixonasida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Unda Xitoyda istiqomat qilayotgan va ta'lim olayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar O'zbekistonda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tibori va erishilayotgan yutuqlar haqida fikr almashdilar. Shuningdek, chet eldagi vatandoshlarni qo'llab-quvvatlash va ular bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbir samimiy va do'stona ruhda o'tib, barcha ishtirokchilar yurtimiz mustaqilligining ulug' bayrami bilan tabriklandi.
Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring