"Do'stlik festivali" doirasida "Do'stlik ohanglari" konsert dasturi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekistonning taniqli san'atkorlari, shuningdek, milliy madaniy markazlarning ijodiy guruhlari ishtirok etdi.
"Do'stlik ohanglari" gala-konserti san'atning betakror jozibasi va do'stlikning ezgu qadriyatlarini o'zida mujassam etgan unutilmas bayramga aylanmoqda. Har bir kuy va qo'shiq, har bir sahna chiqishi tomoshabinlarga ko'tarinki kayfiyat ulashib, qalblarda birlik, mehr-oqibat va hamjihatlik tuyg'ularini yanada mustahkamlamoqda.
0 Izoh