
Samarqand shahrida o‘tkazilgan birinchi “Birodar shaharlar xalqaro forumi" O‘zbekiston va xorijiy davlatlar shaharlarini yagona muloqot maydonida birlashtirdi.


✍️ Forum doirasida xalq diplomatiyasi, hududlararo hamkorlik, investitsiyalar, turizm, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiyalar, biznes uchrashuvlari hamda ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.
🔊 Mazkur forum shaharlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, xalqaro aloqalarni kengaytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
0 Izoh