30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” festivali doirasida Shahrisabz tumanidagi “Lochin” oromgohida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
“Bitta xalq, bir oilamiz” shiori ostida o‘tgan tadbirda turli millatlar madaniyatini aks ettiruvchi qo‘shiq va raqslar, sahnaviy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bunday tadbirlar yurtimizdagi tinchlik va ahillik muhitini asrash, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
0 Izoh