
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2-iyul kuni davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga joʻnab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston – Gruziya doʻstlik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻladi.
Tashrif dasturida madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etish ham koʻzda tutilgan.
0 Izoh