Tadbirda hududda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar vakillari, jamoatchilik faollari, nuroniylar, yoshlar hamda turli millat vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida O‘zbekistonda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, turli millat va elatlarning milliy qadriyatlarini asrab-avaylash hamda rivojlantirishga qaratilgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Madaniy dastur doirasida turli millatlar madaniyatini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini tarannum etdi.
0 Izoh