Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Hamkorlik uchrashuvi

By Muxtasar_Qodirova - 3-Iyun, 2026-yil 23:22 1,224 Koʻrishlar 0 Izoh

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev Xitoy Milliy etnik ishlar komissiyasi raisi Chen Juyfenni qabul qildi.






Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, gumanitar sohada o‘zaro aloqalarni kuchaytirish, shuningdek, xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, millatlararo totuvlikni ta’minlash va ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi muloqotni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.






Uchrashuv davomida bir qator takliflar ilgari surildi:

⏺ millatlararo totuvlik va etnik munosabatlarni boshqarish sohasida tajriba almashish;

⏺ milliy madaniy markazlar va tegishli tashkilotlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

⏺ ekspertlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirokida qo‘shma seminarlar, davra suhbatlari va ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish;

⏺ xalq diplomatiyasi, madaniy-gumanitar aloqalar va hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish;
beshinchidan, yoshlar, madaniyat va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.



🗂 Shundan so'ng, Qo'mita qoshidagi Milliy madaniy markazlar pavilyoni faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Milliy madaniy markazlar pavilyoni bilan tanishish chog‘ida Xitoy Milliy etnik ishlar komissiyasi raisi Chen Juyfen O‘zbekistonda turli millat va elat vakillariga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat va e’tibor, ularning milliy qadriyatlari, tili, madaniyati va an’analarini asrab-avaylash hamda rivojlantirish borasida yaratilgan keng imkoniyatlarni alohida e’tirof etdi.

U pavilyon faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, bu maskan nafaqat mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning boy madaniy merosini namoyish etuvchi maydon, balki millatlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlovchi noyob platforma ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u O‘zbekistonning turli millat va elat vakillarini yagona oila sifatida birlashtirish, ularning manfaatlarini ta’minlash hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasidagi tajribasi xalqaro miqyosda o‘rganishga arzigulik namunaviy model ekanligini alohida ta’kidladi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring