Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston diplomatlari O'monning Xazain iqtisodiy shaharchasi faoliyati bilan tanishdi

By Farangiz_Amirkulova - 17-Iyul, 2024-yil 11:11 708 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O'monning Xazain iqtisodiy shaharchasi faoliyati bilan tanishdi va hudud rahbariyati bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.



Xazain iqtisodiy shaharchasi ijrochi direktori Salim al-Tuxli va boshqaruv kengashining bir qator mas’ullari bilan uchrashuv chog'ida O'zbekiston va O'mon hamkorligini yanada rivojlantirish, birgalikda qo'shma loyihalarni ishlab chiqish, o'zbek ishbilarmon doira vakillari bilan aloqalarni yo'lga qo'yish, yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.


O'mon tomoni mazkur shaharchaning imkoniyatlari haqida taqdimot o'tkazdi. Unda iqtisodiy hudud haqida batafsil ma’lumot berildi. Xazain iqtisodiy shaharchasi rahbariyati o'zbekistonlik eksportyorlar tomonidan omborxonalarni ijaraga olish imkoniyati mavjudligini ham ta’kidladi.


Shundan so'ng, O'zbekiston diplomatlari uchun Xazain iqtisodiy shaharchasi bo'ylab ekskursiya uyushtirildi. Jumladan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ulgurji savdosi markazi va savdo jarayoni ko'zdan kechirildi.


Ushbu shaharchaning e’tiborli tomonlaridan yana biri — bu yuk avtomashinalarida tashib kelinayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini bojxona va fitosanitariya ko'rigi bevosita ushbu maskanning o'zida amalga oshirilishidir.


Mazkur shaharcha imkoniyatidan foydalangan holda O'zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining O'monga eksportini yo'lga qo'yish bo'yicha muloqotni davom ettirish to'g'risida kelishib olindi.


2024-yil iyun oyida ishga tushirilgan Xazain iqtisodiy shaharchasi xalqaro darajada integratsiyalashgan iqtisodiy hududi bo'lib, O'monning Barka shahrida joylashgan.


Umumiy maydoni 52 million metr kvadrat bo'lgan shaharcha o'zida logistika, yengil sanoat va tijoriy shirkatlarni birlashtirgan. Loyiha O'monning davlat va xususiy sektori hamkorligi amalga oshirilgan.


Shaharcha hududida qadoqlash, tarqatish va ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, yordamchi tashkilotlar – banklar, yuridik firmalar va moliyaviy muassasalar joylashgan.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring