Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Axborot makonida media savodxonlik: muammo va yechimlar

By Muxtasar_Qodirova - 8-Aprel, 2026-yil 16:06 1,167 Koʻrishlar 0 Izoh



Bugun Millatlararo munosabatlar qo‘mitasida “Axborot makonida media savodxonlik: muammo va yechimlar” mavzusida qo‘mita xodimlari hamda talabalar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.




Seminar davomida zamonaviy axborot makonida yuzaga kelayotgan muammolar, xususan, soxta xabarlarning tarqalishini oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga axborotni tanqidiy tahlil qilish, manbalarni tekshirish, ishonchli va ishonchsiz ma’lumotlarni ajratish ko‘nikmalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, seminar davomida raqamli xavfsizlik, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, shaxsiy axborotni himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Interaktiv shaklda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda talabalar turli vaziyatlar asosida axborotni baholash, xulosalar chiqarish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rishdi.




Tadbirda media savodxonlikni oshirish bugungi globallashuv sharoitida muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Mazkur o‘quv-seminar ishtirokchilarning axborot bilan ishlash madaniyatini yuksaltirish, ularda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qildi.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring