Valeh Hajiyev - Ozarbayjon Respublikasining diaspora boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari:
"Bugun biz turkiy dunyoning yuksalishi va uning yangi qiyofa kasb etayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Fargʻona mezbonlik qilayotgan ushbu muloqotlar — Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston, Turkmaniston xalqlari oʻrtasidagi azaliy doʻstlik rishtalarining amaldagi ifodasidir. Mazkur uchrashuvning aynan qoʻshni Qirgʻiziston va Tojikiston chegaralariga tutash hudud — Fargʻonada oʻtkazilayotgani mintaqaviy barqarorlik va hamjihatlik yoʻlidagi yuksak irodani namoyon etadi"
0 Izoh