
Bugun Birodar shaharlar alyansi, “O‘zbekiston–Latviya” va “O‘zbekiston–Litva” do‘stlik jamiyatlari, Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida “Birodar shaharlarda ilmiy-texnika rolini oshirish va rivojlantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Ozarbayjon, Qozog'iston universitetlari, Litvadagi o‘zbek madaniy markazi, 160 ga yaqin professor-o‘qituvchilar, talabalar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Unda birodar shaharlar o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar, innovatsiyalar va xalqaro tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida Birodar shaharlar alyansi va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumi imzolandi.
0 Izoh