Ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston bosh konsulxonasi, “Uzbekistan Airways” AJ va
o‘zbekistonlik turoperatorlar vakillari ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada 600 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, xalqaro va mahalliy aviakompaniyalar,
sayyohlik agentliklari, turizmni targ‘ib qiluvchi tashkilotlar, mehmonxonalar tarmog‘i o‘z
sayyohlik mahsulotlari va targ‘ibot nashrlarini namoyish etdi. Ikki kun davom etgan ko‘rgazma
qariyb 150 ming ishtirokchini qamrab oldi.
Yarmarkada Vatanimizning boy madaniy merosi, nafis tarixiy obidalari, betakror milliy
meʼmorchiligi, xalqimiz milliy liboslari va hunarmandchilik namunalari taqdim qilindi.
Respublikamizning gastronomik va ziyorat turizm sohasidagi jozibadorligi tashrif
buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. “O‘zbekiston” stendi ishtirokchilari milliy o‘zbek
liboslarini kiyib ko‘rib, mamlakatimiz madaniyatini yaqindan his etish imkoniga ega bo‘ldi.
0 Izoh