Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Hamkorlik uchrashuvi

By Muxtasar_Qodirova - 9-Dekabr, 2025-yil 15:26 1,126 Koʻrishlar 0 Izoh

 Qozog‘iston Respublikasi Otandastlar Fondi rahbariyati, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasining yetakchi olimlari va ilmiy xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.




Jumladan, tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash jarayonlari, uning asosiy yo‘nalishlari va bajarilish mexanizmlari batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari, madaniy-ma’rifiy loyihalar, qo‘shma dasturlar va ilmiy almashinuvlarni kuchaytirish kabi tashabbuslar o‘rin olgan 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning “Yo‘l xaritasi” loyihasi bo‘yicha fikr almashildi. 




Uchrashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida Qozog‘iston hamda O‘zbekistonda yashayotgan qozoq millatiga mansub vatandoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash dasturlarini takomillashtirish, vatandoshlar faoliyatini rag‘batlantirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ilgari surildi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring