Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Konstitutsiya – ijtimoiy davlat kafolati

By Muxtasar_Qodirova - 26-Noyabr, 2025-yil 22:02 1,193 Koʻrishlar 0 Izoh

Bugun Qo'mita binosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya – ijtimoiy davlat kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Qo'mita xodimlari va Milliy madaniy markazlari faollari ishtirok etdi.




Tadbirda Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi asosiy tamoyillar, shuningdek, yangilangan Konstitutsiyaning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.



Davra suhbati davomida:

– Konstitutsiyaning inson huquq va manfaatlari ta'minlanishidagi roli;

– Ijtimoiy davlat tamoyillarining hayotga tatbiq etilish jarayonlari;

– Huquqiy madaniyatni oshirishning ahamiyati
kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.




Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring