Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Xalqaro bag‘rikenglik kuni

By Muxtasar_Qodirova - 5-Noyabr, 2025-yil 12:41 1,649 Koʻrishlar 0 Izoh

16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan joriy yilning 10-15-noyabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab "Bag'rikenglik haftaligi"  tadbirlari bo‘lib o‘tadi.  


Haftalik doirasida bir hafta davomida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent  shahridagi nufuzli san’at saroylari, teatrlar, konsert zallari, tomosha maydonlari va so‘lim xiyobonlari hamda bog‘larida turli madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy kabi qiziqarli bayramona tadbirlar o‘tkaziladi.


 Do‘stona ohangda kuylangan konsert dasturlari, adabiyot olamida milliy va umummilliy qadriyatlar tarannumi aks etgan badiiy asarlar talqini haftalik bezagi bo‘ladi. 


"Bag'rikenglik haftaligi" – dunyo ahlini totuvlik va hamjihatlik haqida jiddiy o‘ylashga chorlovchi tashabbus. Ushbu tashabbusni siz ham biz bilan qo‘llab-quvvatlang, haftalik ishtirokchisiga aylaning. 

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring