Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Ommaviy diktant

By Muxtasar_Qodirova - 30-Oktabr, 2025-yil 22:50 1,759 Koʻrishlar 0 Izoh

Xabar berganimizdek oktabr oyi Qo'mitada o'zbek tili oyligi deb e'lon qilingan. Mazkur oyda Qo'mita tomonidan milliy madaniy markazlar pavilyonida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda  21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Oʻzbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida milliy madaniy markazlar bilan birgalikda tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir va boshqa ko'plab loyihalar tashkil etildi.



Bugun esa o‘zbek tili oyligi doirasida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda “Ommaviy diktant” aksiyasi o'tkazildi. Aksiyada Qo'mita xodimlari, “O‘zbekiston” jurnali tahririyati, Birodar shaharlar alyansi, “Vatandoshlar” jamoat fondi hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi xodimlari ishtirok etdi.






Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring