O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-son farmoni va PQ-115-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Toshkent shahridagi milliy madaniy markazlar faoliyati o‘rganildi. Xususan:

Ishchi guruh tomonidan poytaxtda faoliyat ko'rsatayotgan qozoq, koreys, grek milliy madaniy markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi;
Millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, madaniy merosni asrash, yoshlarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi;

Shuningdek, markazlar faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolar ham o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
0 Izoh