Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Hududlar savdo-iqtisodiy tarmoqlarida hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish

By Muxtasar_Qodirova - 3-Oktabr, 2025-yil 17:18 1,383 Koʻrishlar 0 Izoh

Bugun Qo’mita binosida “Hududlar savdo-iqtisodiy tarmoqlarida hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish” mavzusida davra suhbati va anglashuv memorandumi imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.




Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, “Birodar shaharlar alyansi”, do‘stlik jamiyatlari, milliy madaniy markazlar  vakillari ishtirok etdi.




Davra suhbatida:

🔸 O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov,

🔸 “Birodar shaharlar alyansi” raisi Zokir  Abidov ma’ruza qildi.




Uchrashuv davomida hududlar o‘rtasida tajriba almashish, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, savol-javoblar, anglashuv memorandumi imzolash marosimlari bo‘lib o‘tdi.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring