Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Ustozlarga ehtirom

By Muxtasar_Qodirova - 27-Sentabr, 2025-yil 22:45 1,501 Koʻrishlar 0 Izoh

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi hamda O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markazi hamkorligida bayram tadbiri o'tkazildi. 




Tadbirda Qo'mita rahbariyati, milliy madaniy markazlar faollari, o'qituvchilar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.  Ta'kidlandiki, jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati esa ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. 




Tadbir davomida uzoq yillardan buyon yoshlarga ta'lim berib samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ustozlar O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markazining "Fidoiy" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.  Tadbirning badiiy qismida turli millatlarning raqslari, ijro etilgan kuy-qo'shiqlar yig'ilganlarga ko'tarinki ruh bag'ishladi. 

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring