Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Milliy madaniy markazlar povilionida Press-tur

By Muxtasar_Qodirova - 25-Sentabr, 2025-yil 18:38 1,405 Koʻrishlar 0 Izoh



Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martda qabul qilingan “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida press-tur o‘tkazildi. Poytaxtimizda barpo etilgan Milliy madaniy markazlar pavilionida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda OAVning 40 dan ortiq vakillari qatnashdi. Maqsad millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyatda do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy o‘zlikni shakllantirish bo‘yicha belgilangan qator ustuvor vazifalar ijrosining amaliy ifodasini keng jamoatchilik oldida targ‘ib etish.

 



Dastavval press-tur ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublika Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bekzod Shukurov tomonidan pavilionlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, jurnalist va mehmonlar turli millatlarning urf-odatlaridan so‘zlovchi fotosuratlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, san’at asarlari, cholg‘u asboblari va boshqa eksponatlardan tarkib topgan 22 ta millatning o‘ziga xos arxitekturasi aks etgan do‘stlik uylari bilan tanishishdi. Qatnashchilar e’tiboriga turli millatlarning o‘ziga xos badiiy chiqishlari ham taqdim etildi.



 


Mamlakatimizda yashab kelayotgan barcha millat va elatlarning o‘z madaniyati va urf-odatlari, an’analarini saqlab qolish, rivojlantirish uchun yana bir ulkan imkoniyatga aylangan mazkur pavilion Yurtboshimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan bo‘lib, joriy yilning “30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni” arafasida foydalanishga topshirildi.


 



Ushbu pavilionning qurilish jarayonlari bevosita yurtimizdagi milliy madaniy markazlar rahbarlari bilan maslahatlashib amalga oshirildi. Mazkur pavilion mamlakatimizda millatlararo totuvlik va umummilliy hamjihatlik borasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarni ifodalaydigan, o‘zaro madaniy almashinuv maydoni vazifasini bajarib kelmoqda.




 

Milliy madaniy markazlar pavilioni qisqa vaqt ichida millatlararo totuvlikni targ‘ib etuvchi muhim tadbirlarga mezbonlik qildi.

 

Xususan:

– O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi doirasida “Umummiliy totuvlik” festivali;

 

Qovun sayli;

 

–  Milliy madaniy markazlar vakillari ishtirokida “Zakovat” bellashuvi;

 

– O‘zbekiston va Turkmaniston mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek–turkman munosabatlari – yangi tarixiy bosqichda” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar shular jumlasidandir.

 




Tadbir yakunida press-tur ishtirokchilari va mehmonlar pavilionning milliy madaniy markazlar faoliyati, ularning madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyatiga oid batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

Muxtasar qilib aytganda, milliy madaniy markazlar pavilioni turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, shuningdek, xalqaro do‘stlik aloqalarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

 

Komila Sultonova,

 maxsus muxbir

 


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring