Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Xalqaro Konferensiya

By Muxtasar_Qodirova - 21-Sentabr, 2025-yil 22:29 1,221 Koʻrishlar 0 Izoh

Qozog‘istonning Chimkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Qozog‘iston xalqi assambleyasi vakillari, Markaziy Osiyo davlatlaridan taniqli xalqaro ekspertlar, davlat va jamoat arboblari, ilmiy doiralar vakillari, milliy-madaniy markazlar faollari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi vakillari ham qatnashib, Markaziy Osiyo mintaqasida millatlararo totuvlikni mustahkamlash, xalq diplomatiyasi va do‘stlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.

Yakunda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro ishonchni kuchaytirish borasidagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring