Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Diqqat e'lon!

By Muxtasar_Qodirova - 19-Sentabr, 2025-yil 22:33 1,319 Koʻrishlar 0 Izoh

DIQQAT, EʼLON!!!

Fotosuratlar ko‘rgazmasida qatnashing!

Mamlakatimizda umummilliy totuvlik, birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga teng huquq va imkoniyatlar yaratish, ko‘p millatli xalqimizning jonajon O‘zbekistonimiz farovonligiga daxldorligini kuchaytirish orqali yagona fuqaroviy o‘zlikni shakllantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarning muddatida, izchil va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida joriy yil 25-sentyabr kuni soat 16:00 da  Milliy madaniy markazlar pavilyonida “Bir xalq, bir yurtmiz” mavzusida O‘zbekistonning shahar va hududlari, unda yashovchi aholi turmush tarzi aks etgan fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Ko‘rgazma yakunida mamlakatimizda mavjud umummilliy totuvlik mavzusi eng yorqin ifodalangan va g‘olib deb topilgan fotosuratlar mualliflari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.

Milliy madaniy markazlar vakillari, professional va havaskor fotorassomlarni ko‘rgazmada qatnashishga 
chaqiramiz.
+99890 372-99-55
Toshkent fotosuratlar uyi

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring