Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Si Szinpinning “Inson huquqlarini hurmat qilish va ta’minlash to‘g‘risida” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

By admin - 20-Avgust, 2025-yil 19:59 1,221 Koʻrishlar 0 Izoh

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin qalamiga mansub “Inson huquqlarini hurmat qilish va ta’minlash to‘g‘risida” nomli kitobning o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi bo‘lim boshliqlari S. Davlatova va A. Uroqov ishtirok etishdi. Shuningdek, davlat idoralari vakillari, mutaxassislar hamda OAV xodimlari ham yig‘ildi.

Taqdimot chog‘ida kitob mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar va inson huquqlarini ta’minlashga oid qarashlarning bugungi globallashuv davridagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar asarda inson sha’ni va qadr-qimmatini yuksak qadrlash, huquq va erkinliklarni himoya qilish borasida ilgari surilgan tamoyillar xalqaro hamjamiyat uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ta’kidladilar.

Qayd etilishicha, kitobda Xitoy tajribasi asosida inson huquqlarini kafolatlashga qaratilgan yondashuvlar, ularni amalga oshirishda milliy qadriyatlar, tarixiy tajriba va zamonaviy islohotlar uyg‘unligi yoritilgan. Mazkur g‘oyalar nafaqat Xitoy, balki boshqa davlatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun ham dolzarb bo‘lib, inson huquqlarini himoya qilishning milliy va xalqaro mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida kitobning o‘zbek tilidagi nashri o‘quvchilar hamjamiyatiga taqdim etildi va uning mazmunidan keng jamoatchilik foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratilgani alohida qayd etildi. 

Si Szinpinning “Inson huquqlarini hurmat qilish va ta’minlash to‘g‘risida” kitobi 9 ta mavzudan iborat bo‘lib, 2012-yil 15-noyabrdan 2021-yil 30-oktabrgacha bo‘lgan davrda ma’ruzalar, nutqlar, suhbatlar, nutqlar, tabrik maktublari, ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan 160 dan ortiq muhim hujjatlardan olingan 335 ta parchadan iborat.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring