Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Qovun sayli

By Muxtasar_Qodirova - 16-Avgust, 2025-yil 14:10 449 Koʻrishlar 0 Izoh



Bugun  Qo‘mita qoshida bunyod etilgan Milliy madaniy markazlar pavilonida “Qovun sayli” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir yurtimizda yetishtirilayotgan turli navdagi qovunlarning betakror mazasi, xalqimizga xos mehr-oqibat va mehmondo'stlik an’analarini yanada keng targ‘ib etishga, shuningdek, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratildi.




Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi K. Sariyev nutq so'zlab saylga tashrif buyurganlarni samimiy qutlar ekan,  “Qovun sayli” tarixan davom etib kelayotgan an'ana bo'lib, uning asl negizida xalqlar o'rtasidagi do'stlik va birdamlik g'oyalari mujassam ekanligini ta'kidlab o'tdi. 




Saylda Yakkasaroy tumani hokimligi, Rossiya va Qozog'iston davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar, milliy madaniy markazlar faollari ishtirok etdi. 


Mazkur sayl doirasida turli madaniy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi:


Milliy madaniy markazlar pavilonida tashkil etilgan ko‘rgazmalar orqali turli millat vakillarining boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi;

“Qovun sayli — xalqimiz mehri va mehmonnavozligi ramzi!” shiori ostida yurtimizda yetishtirilayotgan turli navdagi qovunlar namoyish etildi, mehmonlar ularning go‘zal mazasidan bahramand bo‘ldilar;




Milliy madaniy markazlar havaskor jamoalarining rang-barang ijodiy chiqishlaridan iborat konsert dasturi ishtirokchilarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.


Qovun sayli nafaqat milliy ne’matlarimiz va madaniy boyliklarimizni keng targ‘ib etish, balki mamlakatimizda yashovchi ko‘p millatlar vakillarining totuvligi, birdamligi va do‘stligini yana bir bor namoyon etadi. 

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring