Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi

By Muxtasar_Qodirova - 4-Avgust, 2025-yil 20:30 330 Koʻrishlar 0 Izoh



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Turkmanboshi shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi.

O‘zbekiston yetakchisi 5-avgust kuni BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan maxsus tadbirda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring