Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Namanganda O'zbekiston va Qirg'iziston hukumat delegatsiyalari qo'shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

By Farangiz_Amirkulova - 23-Aprel, 2024-yil 16:52 1,402 Koʻrishlar 0 Izoh

Shu yilning 15-20-aprel kunlari Namangan shahrida O'zbekiston va Qirg'iziston hukumat delegatsiyalari qo'shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Uchrashuvda O'zbekiston-Qirg'iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Dala o'rganishlar o'tkazilib, ular davomida davlatlararo chegara delimitatsiya chizig'ini hududga o'tkazish bo'yicha vazifalarga aniqlik kiritildi.


Muzokaralar do'stlik va o'zaro hamjihatlik muhitida o'tdi.


Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.


Ishchi guruhlarning navbatdagi yig'ilishi Qirg'iziston hududida bo'lib o'tadi.


Eslatib o'tamiz, ishchi guruhlarning avvalgi yig'ilishi joriy yilning 4-8-mart kunlari O'sh shahrida bo'lib o'tgan edi. Muzokaralar chog'ida tomonlar 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari sarhisob qildilar va 2024-yilga mo'ljallangan uchrashuvlar jadvali tasdiqladilar. Shuningdek, O'zbekiston-Qirg'iziston davlat chegarasini demarkatsiya qilish, demarkatsiya xaritalarini yaratish va maxsus (umumiy) geodezik tarmoqlari muhokama qilindi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring