Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston – umumiy uyimiz!

By Muxtasar_Qodirova - 26-Iyul, 2025-yil 18:34 327 Koʻrishlar 0 Izoh

Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida ham "Do'stlik" festivali tadbirlari o'tkazilmoqda.




"Do'stlik" festivali doirasida mamlakatimiz bo'ylab do‘stlik va totuvlikni tarannum etuvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert-dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.  Festivali tadbirlari hududlardagi bolalar sog‘lolmashtirish oromgohlarida ham ko'tarinki ruhda tashkil etilmoqda.   




Jizzax viloyatidagi oromgohlarda ham  “Turli millatlarning  ko'rgazma bekatlari” tashkil etilib,“O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” shiori ostida festival tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tadbirlar davomida bolajonlar tomonidan turli millatlarning tarixi, urf-odat va an’analari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Turli millatlarning urf-odatlarini  aks ettiruvchi o‘ziga xos raqslar, chiqishlar namoyish etildi. Tadbirlarga  oromgohlardagi barcha dam oluvchi bolajonlar birdek jalb etilmoqda.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring