O'zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Myaxri Bashimova bilan uchrashdi.
Muloqot davomida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro tashkilotlar va ko'p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o'zaro aloqalar, mintaqaviy va global tashabbuslar yuzasidan fikrlar almashildi.
Suhbat chog'ida, shuningdek, 2025-yil 4-8-avgust kunlari Turkmanistonning "Avaza" milliy turistik zonasida bo'lib o'tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar"ga bag'ishlangan uchinchi konferensiyasida O'zbekiston delegatsiyasining ishtiroki oid masalalar ham ko'rib chiqildi.
0 Izoh