Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Butunjahon jurnalistlari forumi

By Muxtasar_Qodirova - 19-Iyul, 2025-yil 19:37 360 Koʻrishlar 0 Izoh

Xitoy xalq respublikasining Szyansi provensiyasida “Matbuotning kuchi: sivilizatsiyalararo muloqot va global modernizatsiyaga jurnalistlarning ta’siri” mavzusida xalqaro mediaforum bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yirik xalqaro tadbirda dunyoning yetakchi media vakillari va soha tashkilotlari mas’ullari ishtirok etmoqda.  

AQSH, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Bolgariya, Belarus kabi dunyoning oltmishga yaqin davlatidan yuz nafardan ziyod media vakillari ishtirok etayotgan forumda bugungi dunyo jurnalistikasi, mediada zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi, sun’iy intellektning qo‘llanilishi, professional jurnalistika muammolari kabi masalalar ko‘tarildi. 



Xalqaro anjumanda so‘z olganlar dunyo jurnalistikasining yutuqlari bilan birga oqsoqlanayotgan jihatlari ham borligini alohida ta’kidlashdi. Jumladan, sohada “feyk nyus”larning ortayotgani, tizimda professionallikning yetishmasligi borasida fikr bildirar ekan, zamonaviy dunyo jurnalistikasi bunga yechim topishi kerakligini qayd etishdi. 

Ushbu xalqaro forumning “Jurnalistikada sun’iy aql” mavzusida bo‘lib o‘tgan bugungi seminarida Jurnalistlar uyushmasi raisi Xolmurod Salimov ham so‘z olib, O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari vakillarning sun’iy intellektdan faol foydalanayotganini haqida fikr bildirdi. 



Shuningdek, anjuman doirasida ishtirokchilar Xitoyning Szyansi provensiyasi hududida – Nanchang, Lushan, Jiujang va Xanchjou shaharlarida bo‘lib,  ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda yuz berayotgan so‘nggi yangiliklar bilan tanishish imkoniga ham bo‘ldi.  

Butunjahon xalqaro forumida O‘zA vakili ham ishtirok etmoqda.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring