Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston va Buyuk Britaniya TIV rahbarlari Toshkentda Keng qamrovli sherikchilik to'g'risidagi deklaratsiya va Mintaqaviy va xalqaro bog'liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik memorandumini imzoladilar.

By Farangiz_Amirkulova - 23-Aprel, 2024-yil 16:17 1,053 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar, Hamdo'stlik va taraqqiyot masalalari bo'yicha davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

"Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo'stlik va taraqqiyot masalalari bo'yicha davlat kotibi Devid Kemeron janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Suhbatimiz samarali va mazmunli bo'lib, barcha sohalar bo'yicha O'zbekiston-Buyuk Britaniya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan asosiy vazifalarni belgilash imkonini berdi. Iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirishga alohida e'tibor qaratdik. Britaniya tomonining ishbilarmon doiralar o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni va ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini qadrlaymiz. Shuningdek, Keng qamrovli sherikchilik to'g'risidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro bog'liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to'g'risidagi anglashuv memorandumini imzoladik".


Eslatib o'tamiz, Buyuk Britaniya tashqi siyosat idorasi rahbarining avvalgi tashrifi 1996-yil yanvar oyida bo'lib o'tgan edi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring