Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Pekinda O'zbekiston-Xitoy hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

By Farangiz_Amirkulova - 19-Aprel, 2024-yil 15:52 895 Koʻrishlar 0 Izoh

16-aprel kuni Pekin shahrida O'zbekiston-Xitoy Hukumatlararo qo'mitasining Xavfsizlik sohasida hamkorlik bo'yicha kichik qo'mitasining sakkizinchi yig'ilishi hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA .

TIV ma'lumotiga ko'ra, delegatsiyalarga O'zbekiston va Xitoy tashqi siyosat idoralari rahbarlari o'rinbosarlari Bobur Usmanov va Sun Veydun boshchilik qildi.


Muzokaralar chog'ida O'zbekiston-Xitoy hamkorligining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 2024-yilda Xitoyga tashkillashtirilgan davlat tashrifi yakunlari bo'yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e'tibor qaratildi.


Xitoy tomoni O'zbekistonda davlat boshqaruvi va qonunchilik sohasini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi.


Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlash uchun mavjud salmoqli salohiyatni ro'yobga chiqarishdan o'zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.


Madaniy-gumanitar va turistik almashinuvlarini faollashtirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.


BMT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi o'zaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi. 

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring