Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Birgalikda kuchmiz!

By Muxtasar_Qodirova - 21-May, 2025-yil 10:26 200 Koʻrishlar 0 Izoh

Yashil hududlarni ko‘paytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash – bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri. Xususan, quruq iqlim va cho‘llashish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda bu muammoga alohida e’tibor qaratilmoqda.




Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va  O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda  ushbu institut bog‘ida  “Birgalikda kuchmiz!” shiori ostida turli millat va elatlar vakillarini o‘zida jamlagan 40 nafardan ortiq eko volontyorlar ishtirokida eko-aksiya o‘tkazildi.




Mazkur aksiyaning eng muhim jihati – aholi o‘rtasida ekologik ongni yuksaltirish va har bir insonning tabiatga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishdir. Aksiyada faqat daraxt ekib qo‘yish bilan cheklanilmay, balki ularni asrab-avaylashga ham e’tibor qaratildi. Shu bois, har bir ko‘chatga mas’ullar biriktirildi. Ular o‘z qaramog‘idagi nihollarni nazorat qilib boradi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring