Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyada bo'ladi

By Farangiz_Amirkulova - 19-May, 2025-yil 12:49 233 Koʻrishlar 0 Izoh

19-22-may kunlari O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.


Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.


Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirish masalalari o'rin olgan.


Mamlakatimiz rahbari 21-may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni Lyublyana shahrida Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan uchrashadi, ushbu mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazadi, qo'shma ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.


O'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, farmatsevtika, sanoat, oziq-ovqat va to'qimachilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko'rib chiqiladi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring