Qo‘mitaning Millatlararo totuvlik ma’naviy-ma’rifiy bo‘limi, O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Nukus shahrida “Umummilliy hamjihatlik - tinchlik va taraqqiyot garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Qo‘mita bo‘lim boshlig‘i S. Davlatova "Yangi O‘zbekistonda umummilliy hamjihatlik - tinchlik va taraqqiyot garovi sifatida" ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib borayotgan qozoq, turkman, rus va ukrain milliy madaniy markazlari raislari va faollari hamda Berdaq nomidagi QQDU, Ajiniyoz nomidagi NDPI, O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimlari va tadqiqotchi-doktorantlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir doirasida milliy madaniy markazlarning hunarmandchilik ko‘rgazmalari tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Umummilliy hamjihatlik - tinchlik va taraqqiyot garovi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
0 Izoh