Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Xotira aziz

By Muxtasar_Qodirova - 14-May, 2025-yil 15:08 113 Koʻrishlar 0 Izoh

Qo`mita rahbariyati 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Gʻalaba bog‘idagi “Millat fidoyilari” xiyobonida bo‘ldilar.


Ushbu yodgorlik mustaqillik yillarida mamlakatimiz himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga bag‘ishlangan.


Majmua yuqoridan qaraganda davlatimiz bayrog‘idagi yarim oy va o‘n ikki yulduz shaklida namoyon bo‘ladi. Qariyb ikki metrli yulduzlarning qirralari bitiktosh vazifasini ham o‘taydi. Ularning yon taraflariga 196 nafar qahramonlarimiz nomi zarhal harflar bilan yozilgan. Bu bitiklar yoniga monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, millat fidoyilari  to‘g‘risida ma’lumotlar foto va videolar orqali namoyish etib boriladi. Ya’ni, ularning faqat nomi emas, bolaligi, orzulari, ishi va oilasi ko‘z oldimizda jonlanadi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring