Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada O'mon yosh diplomatlari uchun maxsus kurs ochildi

By Farangiz_Amirkulova - 12-May, 2025-yil 12:19 200 Koʻrishlar 0 Izoh

Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) O'mon Tashqi ishlar vazirligi yosh diplomatlari malakasini oshirish bo'yicha maxsus kursning ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Dastur ta'lim va diplomatik sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida 17-mayga qadar JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada tashkil etildi. Mazkur tashabbus  O'mon TIV xodimlarining O'zbekiston tarixi, ichki va tashqi siyosati, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan yaqindan tanishish orqali kasbiy saviyasini oshirishga qaratilgan.


Tadbirda JIDU birinchi prorektori Akram Umarov, O'mon elchisi Vafa Jabr Nasser Albusaidiy, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari, O'mon TIV tarkibiy bo'linmalari rahbarlari, shuningdek, JIDU talabalari ishtirok etdi.


Kurs doirasida JIDU va Diplomatik akademiya professor-o'qituvchilari va tadqiqotchilari tomonidan O'zbekiston tashqi siyosatining o'ziga xos xususiyatlari, mustaqillik yillarida mamlakatimizni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, diplomatik tashabbuslar va xalqaro iqtisodiy loyihalar kabi keng ko'lamli mavzularda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi.


Mazkur ta'lim dasturining amalga oshirilishi ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlash, ekspertlik aloqalarini kengaytirish, xalqaro hamkorlik sohasida barqaror muloqotlar uchun platforma yaratishga xizmat qiladi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring