Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi III Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

By Farangiz_Amirkulova - 16-Aprel, 2024-yil 14:52 1,056 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekistonning Jenevadagi BMT bo'limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YIK) ijrochi kotibi Tatyana Molchan bilan uchrashdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi tomonidan xabar qilindi.

Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibiga respublikada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.


Tatyana Molchan mamlakatimizning keyingi yillarda iqtisodiy sohada erishgan yutuqlari, ikki tomonlama hamkorlik mustahkamlanayotganini yuqori baholadi. "Men YI va O'zbekiston o'rtasidagi savdo, innovatsiyalar, energetika, ekologiya, statistika va boshqa sohalarni rivojlantirish kabi juda yaqin hamkorlikni yuksak qadrlayman", dedi u.


YIK ijrochi kotibi Komissiya O'zbekistonni o'z vakolatlari doirasidagi barcha sohalarda qo'llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqladi. O'zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga ko'maklashish bo'yicha o'zaro manfaatli ishlarning ko'plab yo'nalishlari, jumladan, davlat-xususiy sheriklik, barqaror qo'shilgan qiymat zanjiri, innovatsiyalar va boshqa sohalardagi ishlarning natijalari alohida ta'kidlandi.


Tatyana Molchan, shuningdek, 2024-yil 2-3-may kunlari bo'lib o'tadigan III Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishini va tashrif davomida respublika vazirlik hamda idoralarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha bir qator uchrashuvlar o'tkazishini bildirdi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring