Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston va Vetnam do‘stona munosabatlari abadiydir

By Muxtasar_Qodirova - 30-Aprel, 2025-yil 15:22 55 Koʻrishlar 0 Izoh



Bugun Toshkent Fotosuratlar uyida Vetnamning Gʻalaba kuni va qayta birlashganiga 50 yil to‘lishiga bag‘ishlangan arxiv fotosuratlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko‘rgazma “O‘zbekiston va Vetnam do‘stona munosabatlari abadiydir” deb nomlandi.




Ma’lumki, 1975-yil 30-aprel kuni Vetnam Xalq armiyasi mamlakatning eng yirik shahri Saygonni ozod qildi. Bu voqea Vetnamning yagona davlat sifatida birlashishini anglatgan va shundan beri ushbu sana Vyetnamda eng muhim davlat bayramlaridan biri sifatida nishonlanib kelinmoqda.




Ko‘rgazma "O‘zbekiston–Vetnam do‘stlik jamiyati" tashabbusi va Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo`yicha qo‘mitasi ko‘magida, shuningdek “O‘zarxiv” agentligi, Badiiy akademiya va Toshkent Fotosuratlar uyi hamkorligida tashkil etildi.




Ko‘rgazmada Vetnamlik talabalarning O‘zbekistonda ta’lim olishi, delegatsiyalar va rasmiy shaxslarning tashriflari,  mashhur shaxslarning  Xalqaro kinofestivalda ishtirok etganlariga oid tarixiy fotosuratlar namoyish etildi.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring