Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Hurmatli xristian jamoalari vakillari!

By Muxtasar_Qodirova - 20-Aprel, 2025-yil 22:08 290 Koʻrishlar 0 Izoh

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi nomidan sizlarni xristian taqvimidagi eng muqaddas va ulug‘ ayyomlardan biri — Pasxa bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.


Pasxa — bu hayot, ezgulik va mehr-oqibatning g‘alabasi, yangilanish, umid va bag‘rikenglik timsolidir. U insoniyatni ezgu maqsadlar sari ilhomlantiradi, yuraklarga nur, qalblarga esa iliqlik olib kiradi.


Bugungi kunda O‘zbekistonimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yagona oila bo‘lib, totuvlik va o‘zaro hurmat muhitida yashab kelmoqda. Ularning har biri mamlakatimiz taraqqiyotiga, ma’naviy boyligiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shmoqda. Davlatimiz tomonidan barcha milliy va dini qadriyatlarni e’zozlash, turli konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va barqarorlikni mustahkamlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda.


Mana shu qutlug‘ sana munosabati bilan Pasxa bayramini nishonlayotgan barcha yurtdoshlarimizga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, qalbingizga nur va baxt tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan, Kaxraman Sariyev 

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi Raisi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring