Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

“Milliy ko‘klam Fest.” — milliy ruh, do‘stlik va bahor nishoniga aylandi!

By Muxtasar_Qodirova - 19-Aprel, 2025-yil 18:28 313 Koʻrishlar 0 Izoh

"Oʻzbekiston – umumiy uyimiz!"     




Bugun, 19-aprel kuni Yakkasaroy tumanidagi “Do‘stlik” bog‘ida O‘zbekiston va uyg‘ur madaniyatining boy merosi, an’analari va milliy san’atini namoyish etuvchi “Milliy ko‘klam Fest.” festivali bo‘lib o‘tdi.




Tadbir “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida o‘tkazilib, u milliy birlik, do‘stlik va mehr-oqibat g‘oyalarini targ‘ib qildi. Festivalni tantanali tarzda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kaxramon Sariyev, Yakkasaroy tumani hokimi   Nilufar Allaberganovalar ochib berdilar. 




So‘ngra, O‘zbekiston Uyg‘ur madaniy markazi raisi Usen Iskenderov so‘z olib,  ushbu anjumanning mazmun-mohiyati  haqida so‘z yuritdi. 




Festival dasturida:

• Milliy raqs va musiqa chiqishlari;

• Sumalak, dorbozlar chiqishlari, xalq o‘yinlari;

• Kamondan o‘q otish va milliy kurash;

• Hunarmandlar ishtirokidagi “master-klass”lar;

• Sharqona yarmarka, milliy taomlar va ko‘ngilochar zona;

• Va, albatta, gala-konsert — mashhur estrada san’atkorlari va folklor jamoalar ishtirok etishdi.




Tadbir xorijiy mehmonlar va sayyohlarni ham qamrab olib, xalqaro darajadagi ochiq va do‘stona muhitda o‘tdi.


Milliy ko‘klam Fest. — bu bahor, san’at, birlik va do‘stlik bayramidir.




Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring