Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Saudiya Arabistonidagi vatandoshlar o'rtasida futbol turniri tashkil etildi

By Muxtasar_Qodirova - 15-Aprel, 2025-yil 19:37 284 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Saudiya Arabistonidagi yurtdoshlarimiz o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi.




Turnirda Saudiya Arabistonida vaqtincha ishlayotgan va turli ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan hamyurtlarimizdan tuzilgan jamoalar o'zaro kurash olib bordi.


Musobaqa g'olib va sovrindorlariga kubok, medal va esdalik sovg'alari tantanali tarzda topshirildi.


Ishtirokchilar bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish xorijda bo'lib turgan vatandoshlar uchun katta e'tibor ekanini hamda ularning sog'lom hayot tarzini ta'minlashlarida va vatandoshlarning bir-biri bilan yaqin muloqot o'rnatishida ko'prik vazifasini bajarishini ta'kidladidar. Shuningdek, ular turnir tashkilotchilariga hamda xorijdagi fuqarolarimiz manfaatlarini munosib himoya qilayotgan O'zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdilar.


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring